Menejer bilan bog‘lanish:+998 95 044 50 14 Telegram
O‘zbekcha

Hisob-kitobi o‘zi yuradigan mebel korxonasioshxona mebelishkaf-kupe ustaxonasiofis mebeli korxonasimebel korxonasi

Buyurtmalar, to‘lovlar, kassa, ombor, ustalar davomati va oylik foyda — bitta oddiy dasturda. O‘zbek tilida, internetsiz.

Mijozga beriladigan to‘lov cheki
80 mm chek
Xodim telefonini ulash uchun QR va 6 xonali kod
Telefon ulash kodi
Woodo bosh sahifasi: tezkor amallar va savdo grafigi
Kassadagi pul qoldig‘i: 4 500 000 so‘m
Kassa qoldig‘i
Joriy va o‘tgan oy: savdo, sof foyda va pul oqimi
Joriy oy / o‘tgan oy

0 so‘m

qo‘shimcha uskuna va server xarajati

Woodo korxonangizdagi mavjud kompyuterda va ustalarning o‘z telefonlarida ishlaydi.

Kerak emasYuz tanish qurilmasi

Usta davomatni o‘z Android telefonidan belgilaydi, nazorat surati bilan.

Kerak emasAlohida server

Ma’lumotlar korxonadagi kompyuterda turadi. Ijara ham, serverga oylik to‘lov ham yo‘q.

Kerak emasDoimiy internet

Internet uzilsa ham ish to‘xtamaydi. U faqat yangilanish uchun kerak.

Kerak emasYangi kompyuter

Windows 10 yoki 11 o‘rnatilgan oddiy kompyuter yoki noutbuk yetadi.

Bitta dastur — korxonaning hamma ishi

Buyurtmalar boshidan oxirigacha

Qabul qilindi → ishlanmoqda → tayyor → topshirildi. Har buyurtmada to‘langan summa, qolgan qarz va shartnoma bir joyda.

Yangi buyurtma — 4–5 maydon

Buyurtma kartasi

To‘lovlar va mijozga chek

Avans, to‘lov yoki qaytarish — naqd, karta, o‘tkazma. Mijoz chekda summa va qolgan qarzini ko‘radi.

Xato to‘lov o‘chirilmaydi — sababi bilan bekor qilinadi

To‘lov cheki

Kassa bitta raqamda

Qo‘lingizdagi pul, kirim va chiqim tarkibi, xarajatlar va qarzlar. Kechqurun sanab, shu raqam bilan solishtirasiz.

Kunlik kassa hisoboti — bir bosishda

Kassa qoldig‘i

Davomat ustaning o‘z telefonidan

Usta «Keldim» bosadi, nazorat surati olinadi. Kechikish va erta ketish daqiqasigacha hisoblanadi.

Yuz tanish qurilmasi kerak emas

Telefon ulash kodi

Hisobotlar va oylik foyda

Joriy oy o‘tgan oy bilan: savdo, sof foyda, pul oqimi. Har hisobot A4 pechat va Excel faylga.

7 ta tayyor hisobot

Oylik solishtirish

Xodimlar va ish haqi

Har ustaga ish jadvali, oylik, ishbay yoki aralash ish haqi. Oy oxirida vedomost tayyor.

Bayram va ta’tillar kalendarda

Xodim ish jadvali

…va yana ko‘p imkoniyatlar

XaridTa’minotchilarOmborShartnoma va nakladnoyExcel’dan importRahbar PINKunlik zaxiraAvto-yangilanish

Woodo bilan korxona egasi qarzlarni unutmaydi, kassani bir raqamda ko‘radi va oy oxirida sof foydani aniq biladi.

Oddiy rejim · standart

Excel kabi sodda

  • 4–5 maydonli tez oynalar
  • Bitta birlik, partiyasiz ombor
  • Kassa va davomat to‘liq
  • Oylik foyda Excel usulida
Kengaytirilgan rejim

Katta korxona uchun chuqur hisob

  • Kalkulyatsiya: tannarx va ustama
  • Partiyalar va FIFO tannarx
  • Ish haqi va vedomost
  • Har buyurtmaning foydasi

Woodo har qanday mebel korxonasiga mos

LDSP · MDFOshxona mebeliBuyurtma, avans va o‘rnatish
2750 × 1830 mmShkaf-kupeMaterial sarfi va qoldiq
Ishbay haqYotoqxona mebeliUstalar ishi va davomat
ShartnomaOfis mebeliKompaniyalar bilan hujjatlar
Avans · qarzBuyurtma mebelMijoz bo‘yicha qarzlar
Kromka · furnituraBolalar mebeliXarid va ta’minotchilar
Tez orada · Woodo Bulut

Korxonangiz cho‘ntagingizda

Asosiy dastur avvalgidek internetsiz ishlaydi. Bulut — xohlagan korxonaga qo‘shiladigan obuna.

1Rahbar ilovasi.

Kassa, qarzlar, buyurtmalar va davomat telefoningizda. Yangi buyurtma va to‘lovni o‘sha yerda qo‘shasiz.

2Kompyuter o‘chiq bo‘lsa ham.

Oxirgi holat ko‘rinadi, kiritilgan yozuvlar kompyuter yoqilganda o‘zi tushadi.

3Bulutga zaxira.

Har kuni shifrlangan nusxa. Kompyuter buzilsa — yangisiga bir bosishda tiklanadi.

O‘rnatamiz. Sozlaymiz. O‘rgatamiz.

Hisobni daftarda yuritasizmi?

Korxonaga kelib dasturni o‘rnatamiz, mijozlar va materiallarni kiritib beramiz, ustalarning telefonlarini ulaymiz.

Menejer bilan bog‘lanish

Excel’da yoki boshqa dasturdami?

Mijozlar va materiallar ro‘yxatini Excel’dan ko‘chiramiz. Har bo‘lim uchun qisqa o‘quv video bor.

Menejer bilan bog‘lanish

Tariflar

Narx korxona kattaligiga bog‘liq. Ariza qoldiring — aniq narxni aytamiz.

Woodo

Kichik va o‘rta korxonalar uchun

Narxni so‘rangdastur litsenziyasi

  • Buyurtmalar, to‘lovlar va chek
  • Kassa, xarid, ombor
  • Davomat: ustaning telefonidan, qurilmasiz
  • 7 ta hisobot, pechat va Excel
  • Oddiy va Kengaytirilgan rejim
  • O‘rnatish va o‘rgatish
Tez orada

Woodo + Bulut

Korxonani telefondan boshqarish uchun

Narxni so‘ranglitsenziya + oylik obuna

  • Woodo’dagi hamma narsa
  • Rahbar telefon ilovasi
  • Kompyuter o‘chiq bo‘lsa ham yozish
  • Kunlik shifrlangan bulut zaxira
  • Yangi kompyuterga bir bosishda tiklash

Ko‘p so‘raladigan savollar

Internet kerakmi?

Yo‘q. Dastur va barcha ma’lumot korxonadagi kompyuterda turadi. Internet faqat yangilanish va Bulut xizmati uchun kerak.

Qo‘shimcha uskuna yoki server sotib olish kerakmi?

Yo‘q. Davomat uchun yuz tanish qurilmasi kerak emas — ustalar o‘z telefonidan belgilaydi. Server ham kerak emas: dastur korxonadagi kompyuterda ishlaydi, serverga oylik to‘lov yo‘q. Bulut obunasi ixtiyoriy.

Qanday kompyuter kerak?

Windows 10 yoki 11 o‘rnatilgan oddiy kompyuter yoki noutbuk yetadi. Davomat uchun ustalarning Android telefonlari va korxonada Wi-Fi kerak.

Eski ma’lumotlarimni ko‘chirsa bo‘ladimi?

Ha. Mijozlar va materiallar ro‘yxatini Excel’dan import qilamiz.

Kompyuter buzilsa ma’lumot yo‘qoladimi?

Dastur har kuni zaxira nusxa oladi. Uni haftada bir fleshkaga ko‘chirish tavsiya qilinadi. Bulut obunasida nusxa har kuni shifrlangan holda serverga ham yuboriladi.

O‘rganish qiyinmi?

Oddiy rejimda har amal 4–5 maydondan iborat. Har bo‘lim uchun qisqa o‘quv video bor, o‘rnatgach birinchi haftada yoningizda bo‘lamiz.

Korxonangizda bepul ko‘rsatib beramiz

Ariza qoldiring — qo‘ng‘iroq qilib, demo vaqtini kelishamiz.

Telefon+998 95 044 50 14
Telegram@woodo_uz Instagram@woodo_uz

Ariza faqat siz bilan bog‘lanish uchun ishlatiladi.